5-chapter: Tanlovning Narxi

• 28.10.2026 • ~2 daqiqa 25 soniya • 6 read

Author/Muallif: Bexruz Tangirov [Toxic]

 5-BOB 

Tanlovning Narxi

 Qalin temir eshik sekin ochildi.

Sovuq havo koridorga yopirilib chiqdi.

Kaelning nafasi oppoq bug'ga aylandi.

Bu oddiy sovuq emas edi.

Hatto devorlarning o'zi ham muzlab qolgandek tuyulardi.

Xonaga kirgan zahoti eshik ortida og'ir gumburlash bilan yopildi.

...

Sukut.

Tomchilayotgan suyuqlik ovozi.

Uzoqdan eshitilayotgan generatorlarning g'uvillashi.

Va...

Shisha silindr ichida asta harakatlanayotgan kumush rang modda.

Go'yo butun xona nafas olayotgandek.

— Qo'rqyapsanmi?

Generalning ovozi xonani yorib o'tdi.

Kael javob bermadi.

Bir necha soniyadan keyin xotirjam dedi.

— Yo'q.

General kuldi.

Ammo bu kulgi masxara emasdi.

— Yolg'on.

Kael unga qaradi.

— Qo'rqmaydigan odam bo'lmaydi.

— Faqat qo'rquvini yashirishni o'rgangan odamlar bo'ladi.

...

Shamollatish tizimidan esayotgan sovuq havo Kaelning sharfini asta qimirlatdi.

U bir necha soniya metallni kuzatdi.

— Bu nima?

General javob bermadi.

Olimlardan biri gap boshladi.

— Biz ham bilmaymiz.

Kaelning nigohi unga burildi.

— Bilmaysizmi?

Olim bosh irg'adi.

— Biz uning qanday ishlashini tushunamiz.

— Ammo...

— U nima ekanligini bilmaymiz.

...

Kael ichida g'alati hissiyot uyg'ondi.

"Demak..." "Ular o'zlari tushunmaydigan narsani odam tanasiga singdirmoqchi." ...

General Kaelning yuziga qarab jilmaydi.

Go'yo uning fikrini o'qigandek.

— Ha.

— Biz tavakkal qilyapmiz.

— Ilm-fan har doim tavakkal bilan oldinga siljigan.

— Agar odamlar qo'rqib yashaganida...

— Hali ham g'orlarda yashayotgan bo'lardik.

Kael asta javob berdi.

— Farqi shundaki...

— G'orda yashagan odamlar bunga rozi bo'lgan.

— Bu yerda esa...

— Minglab odamlar siz kabi tavakkal narxini to'lashdi.

...

Xona yana jimib qoldi.

Generalning ko'zlarida bir lahza o'zgarish paydo bo'ldi.

Hurmat.

Juda qisqa.

Ammo Kael sezdi.

— Demak...

— Sen raqamlarni bilding.

Kael indamadi.

— Koridordagi suratlar yetarli edi.

General chuqur nafas oldi.

— Ha.

— 100 mingga yaqin.

— Shundan ellik mingdan ortig'i o'ldi.

— O'ttiz mingdan ortig'i aqlini yo'qotdi.

— Qolganlari esa tirik murdalarga aylandi.

...

Kael silindr ichidagi kumush moddaga qaradi.

U shu zahoti o'zini oynada ko'rgandek bo'ldi.

"Keyingisi..." "Men bo'laman." ...

— ketishim mumkinmi?

Bu savol olimlarni hayratga soldi.

General esa xotirjam edi.

— Mumkin.

Kael burildi.

Eshik tomon ikki qadam tashladi.

Uchinchi qadamni tashlamoqchi bo'lganida...

Generalning ovozi ortidan eshitildi.

— Kimyoterapiya...

Kael to'xtadi.

— Oxirgi bosqichdagi o'pka saratoni uchun qancha pul ketishini bilasanmi?

Kaelning mushtlari sekin qisildi.

— Otangning vaqti juda oz qolgan.

Sukut.

— Agar bugun chiqib ketsang...

— Balki u yana bir oy yashar.

— Balki ikki oy.

— Ammo oxiri baribir bir xil.

...

Generalning har bir gapi xuddi pichoqdek sokin edi.

Baqirmasdi.

Qo'rqitmasdi.

Shunchaki...

Haqiqatni aytardi.

— Agar muvaffaqqiyatli bo'lsang...

— Bugunning o'zidayoq seni general unvoni kutadi.

— Davolanish puli.

— Oilangning kelajagi.

— Hammasi kafolatlanadi.

...

Kael ko'zlarini yumdi.

Shamol ventilyatsiya panjaralaridan kirib, sharfini yengil silkitdi.

Xayolida Ethan (otasi) paydo bo'ldi.

Har safar yo'talganda yashirincha og'zidan qon artishi.

"Men yaxshiman, o'g'lim." deb kulishga urinishi.

...

Kael sekin boshini ko'tardi.

— Hujjatni olib keling.

Olimlardan biri shoshilib qalin papkani uzatdi.

Kael uni ochdi.

Yuzlab sahifalar.

Oxirgi bet.

Imzo.

U ruchkani qo'liga oldi.

Bir necha soniya qog'ozga tikildi.

Keyin...

Imzosini qo'ydi.

KAEL General unga tikilib turardi.

— Nega rozi bo'lding?

Kael javob bermadi.

Papkani yopdi.

Va faqat bitta gap aytdi.

"Ba'zi janglarda g'alaba qozonish uchun hayotingni tikasan." "Bu safar men hayotimni emas... kelajagimni tikdim."

...

Shisha silindr ichidagi kumush modda ilk bor kuchliroq to'lqinlandi.

Go'yo...

U yangi egasini tan olgandek.

bob tugadi.

Did you like this chapter?
Telegram kanalingizda yoki do‘stlaringizga ulashing!
Did you like this chapter?

Author Toxic— tip to support faster chapter releases!

Reviews & Comments 0

Fikr bildirish uchun tizimga kiring

Muallif bilan muloqot qilish va boblarga sharh qoldirish uchun hisobingizga kiring.

Be the first to comment!
Main Works
🛒
Do‘kon
Reyting Sign in