4-chapter: Mukammal askar loyihasi 3

• 28.10.2026 • ~2 daqiqa 14 soniya • 7 read

Author/Muallif: Bexruz Tangirov [Toxic]

 4-BOB 

Mukammal Askar Loyihasi (3/3) 

Laboratoriyadagi qizil chiroqlar asta-sekin o'chdi.

Ogohlantirish ovozi ham to'xtadi.

Ammo hech kim gapirmadi.

Shisha ortidagi mavjudot devorga suyangancha qaltirardi.

Ko'zlari bo'sh edi.

U yerda na nafrat bor edi.

Na og'riq.

Na umid.

Faqat...

Bo'shliq.

Kael bir necha soniya unga tikilib qoldi.

— U...

— Hali tirikmi?

Olimlardan biri javob berdi.

— Tirik.

— Biroq yashamayapti.

Kael qoshini chimirdi.

— Farqi nima?

Olim javob bermoqchi bo'ldi.

Lekin general uning oldiga o'tdi.

— Tirik qolish va yashash boshqa-boshqa narsalar.

Koridor yana jimib qoldi.

General shisha ortidagi odamga qarab davom etdi.

— Uning yuragi uryapti.

— Nafas olyapti.

— Miyasi ham ishlayapti.

— Lekin u endi inson emas.

Kael asta boshini burdi.

— Insonni nima inson qiladi?

Bu safar javob uzoq kutildi.

General kulimsiramadi.

— Tanasi emas.

— Xotiralari ham emas.

— Tanlov qilish huquqi.

Kael indamadi.

General sekin shisha tomon yurdi.

— Biz undan tanlov qilish huquqini olib qo'ydik.

— Shundan keyin u faqat nafas olayotgan go'shtga aylandi.

...

Kaelning nigohi shisha ortidagi odamning ko'zlariga tushdi.

Bir lahzaga...

U yerda nimadir chaqnagandek bo'ldi.

Yordam so'rayotgan nigoh.

Lekin darrov yana yo'qoldi.

Go'yo ichkaridagi haqiqiy inson allaqachon o'lib bo'lgandi.

...

— Bilasanmi, Kael...

General orqasiga o'girilmasdan gapirdi.

— Davlat nima?

Kael javob berdi.

— Xalq.

General boshini chayqadi.

— Yo'q.

— Davlat...

— bu Natija.

Kael sukut saqladi.

— Millionlab odamlar tinch yashashi uchun ba'zida minglab odamlar qurbon bo'lishi kerak.

— Tarix doim shunday yozilgan.

Kael sovuq ovozda javob berdi.

— Tarixni g'oliblar yozadi.

General ilk bor kulimsiradi.

— Aynan shuning uchun sen shu yerdasan.

...

Ular keyingi xonaga o'tishdi.

Bu yer avvalgilaridan farq qilardi.

Devorlarda suratlar ilingan edi.

Odamlar.

Har xil yoshdagi erkak va ayollar.

Har bir surat ostida raqam.

#00001 #00254 #08471 #31720 Kael asta yaqinlashdi.

Har bir suratning pastki qismida bitta so'z yozilgandi.

[Muvaffaqiyatsiz].

Yana biri.

[Muvaffaqiyatsiz] .

Yana biri.

[Muvaffaqiyatsiz].

Devorning oxirigacha...

Faqat bitta so'z.

Go'yo kimdir minglab hayotlarni bitta siyoh bilan o'chirib tashlagandek.

Kael sekin pichirladi.

— Ularning ismlari qayerda?

Olim javob berdi.

— O'chirilgan.

— Nega?

— Chunki muvaffaqiyatsizlikning ismi bo'lmaydi.

...

Bu safar Kael indamadi.

Ammo ichida nimadir g'ashiga tegdi.

U jang maydonida ko'p o'lim ko'rgan edi.

Ammo u yerda...

Har bir jasadning ismi bor edi.

Bu yerda esa...

Odamlar raqamga aylantirilgandi.

...

General yurishda davom etdi.

— Senga bu adolatsiz tuyulyaptimi?

Kael javob bermadi.

— Adolat...

General kuldi.

— Urush boshlangandan beri eng ko'p ishlatiladigan yolg'on.

— G'oliblar uni "adolat" deydi.

— Mag'lublar esa "fojia".

— Aslida esa...

— Ikkalasi ham bir xil voqea.

...

Kael ilk marta generalga uzoq tikildi.

"Bu odam..." "U rostdan ham shunday o'ylaydimi?" Yoki...

O'zini bunga ishontirishga majburmi?

Shu payt ular ulkan, qora temir eshik oldida to'xtashdi.

Eshikning ustida faqat bitta yozuv bor edi.

[LOYIHA: MUKAMMAL ASKAR] General kartani eshikka tekkizdi.

Metall qulflar birin-ketin ochildi.

Ichkaridan muzdek havo yuzlariga urildi.

Va qorong'ilik ichida...

Kumush rang suyuqlik asta-sekin harakatlana boshladi.

Go'yo...

U allaqachon Kaelni kutayotgandi.

Bob tugadi.

Did you like this chapter?
Telegram kanalingizda yoki do‘stlaringizga ulashing!
Did you like this chapter?

Author Toxic— tip to support faster chapter releases!

Reviews & Comments 0

Fikr bildirish uchun tizimga kiring

Muallif bilan muloqot qilish va boblarga sharh qoldirish uchun hisobingizga kiring.

Be the first to comment!
Main Works
🛒
Do‘kon
Reyting Sign in