Foydalanuvchi Shartnomasi
Foydalanish Shartlari (Terms of Service)
Oxirgi yangilanish: 01.11.2026 • Qalamkashlar.uz
1. Shartlarning qabul qilinishi
Qalamkashlar.uz veb-sayti va mobil ilovalariga kirish yoki ro‘yxatdan o‘tish orqali siz ushbu shartlarga to‘liq rozilik bildirasiz.
2. Mualliflik huquqi va kontent talablari
- Har bir muallif o‘zi eʼlon qilayotgan asar, maqola yoki sheʼrning qonuniy muallifi ekanligini kafolatlaydi. Boshqa shaxslarning asarlarini ruxsatsiz ko‘chirish (plagiat) qatʼiyan taqiqlanadi.
- Diniy yoki siyosiy nizolarni keltirib chiqaruvchi, nafrat uyg‘otuvchi, qonunga zid yoki nomaqbul materiallarni eʼlon qilish qatʼiyan man etiladi.
- Yuklangan materiallar moderatsiyadan o‘tishi mumkin. Qoidabuzarlik holatida asar maʼmuriyat tomonidan o‘chiriladi yoki bloklanadi.
3. QalamCoin virtual tangalari
QalamCoin (QC) platforma ichidagi virtual rag‘batlantirish birligi bo‘lib, asarlarni o‘qish, do‘kondagi maxsus imkoniyatlarni ochish va mualliflarga minnatdorchilik bildirish uchun xizmat qiladi. QalamCoinlar real naqd pulga almashtirilmaydi.
4. Qoidalarni buzish oqibatlari
Foydalanuvchi qoidalarni takroran buzgan taqdirda, uning akkaunti va barcha yozgan asarlari ogohlantirishsiz bloklanishi mumkin.