Foniylik Yo'lidan tashqarida / Kael kim / 2-chapter
I-fasl — Kael kim

2-chapter: Mukammal askar loyihasi 1

• 28.10.2026 • ~1 daqiqa 45 soniya • 9 read

Author/Muallif: Bexruz Tangirov [Toxic]

 

2-BOB 

Mukammal Askar Loyihasi (1)

 7 yil oldin.

Qish.

Sovuq shamol harbiy bazaning po'lat devorlariga urilib, uzun koridorlar bo'ylab uvillardi.

Osmonni qalin kulrang bulutlar qoplagan.

Quyosh bir necha kundan beri ko'rinmagandi.

Bazadagi askarlar odatdagidek mashg'ulot o'tashardi.

Ammo bugun...

Hamma nimanidir kutayotgandi.

...

Kael metall panjara ortidagi mashg'ulot maydonida jim turardi.

Qo'lqop kiygan barmoqlari musht holiga kelgan.

Nafas olganida sovuq havo oppoq bug' bo'lib og'zidan chiqardi.

Qarshisida o'nlab askarlar yiqilib yotardi.

Mashg'ulot tugaganiga besh daqiqa bo'lgan bo'lsa ham hech kim o'rnidan tura olmasdi.

— Mashg'ulot yakunlandi!

Instruktorning qattiq ovozi yangradi.

Kael indamay safdan chiqdi.

Na g'alaba quvonchi.

Na mag'lubiyat hissi.

Bu ham navbatdagi kun edi.

...

Koridor bo'ylab ketayotganda devorlarga ilingan suratlarga ko'zi tushdi.

Har xil urushlar.

Qahramonlar.

Medallar.

Ammo ularning barchasining tagida bitta so'z yozilgandi.

"Qurbonlik." Kael beixtiyor kulimsiradi.

"Urushda qahramon bo'lmaydi..." "Faqat tirik qolganlar bo'ladi." ...

— Askar Kael!

U orqasiga burildi.

Oq xalat kiygan ikki olim va yonlarida general turardi.

Generalning ovozi sovuq edi.

— Menga ergashing.

...

Baza ostidagi lift odatdagidan ham chuqurroq tushardi.

Metall troslarning g'ichirlashi yopiq kabinada yanada vahimali eshitilardi.

Eshik ochildi.

Kael ilgari bu qavatni ko'rmagan edi.

Oq rang.

Juda ham oq.

Devorlar.

Pol.

Shift.

Hammasi oppoq.

Faqat dezinfeksiya vositasining o'tkir hidi havoda ufirib turardi.

Har bir qadam aks-sado berardi.

Koridorning ikki tomonida qalin oynalar.

Oynalar ortida esa...

Bo'sh kapsulalar.

Ba'zilarida qon izlari.

Ba'zilarida tirnalgan metall.

Go'yo ichkaridan kimdir chiqishga uringandek.

Kael hech narsa demadi.

Ammo yuragida tushunarsiz og'irlik paydo bo'ldi.

...

Oxiri ular ulkan temir eshik oldida to'xtashdi.

General kartasini tekkizdi.

Eshik sekin ochildi.

Xonaning markazida shisha silindr ichida kumushsimon suyuqlik suzib yurardi.

U metallga ham o'xshamasdi.

Suvga ham.

U go'yo...

Tirik edi.

Ba'zan o'z-o'zidan to'lqinlanardi.

Ba'zan esa yorug'likni yutib yuborayotgandek tuyulardi.

Kael unga tikilib qoldi.

Negadir ko'zini uzolmasdi.

Go'yo u suyuqlik ham unga qarab turgandek...

General sukutni buzdi.

— Bu... insoniyat tarixidagi eng qimmat topilma.

— Biz uni Meteorit-Nom'alum deb ataymiz.

— Bugundan boshlab sen "Mukammal Askar Loyihasi"ning ishtirokchisisan.

Xona yana sukutga cho'mdi.

Shamollatish tizimining past g'uvillashi eshitilib turardi.

Kael shisha ichidagi suyuqlikka yana bir marta qaradi.

U hali bilmasdi...

Bu qaror nafaqat uning tanasini, balki taqdirini ham butunlay o'zgartirib yuborishini.

Bob tugadi

Did you like this chapter?
Telegram kanalingizda yoki do‘stlaringizga ulashing!
Did you like this chapter?

Author Toxic— tip to support faster chapter releases!

Reviews & Comments 0

Fikr bildirish uchun tizimga kiring

Muallif bilan muloqot qilish va boblarga sharh qoldirish uchun hisobingizga kiring.

Be the first to comment!
Main Works
🛒
Do‘kon
Reyting Sign in