2-chapter: SOHILDAGI SIR
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: Tushlar vodiysi.
2- TUSH. SOHILDAGI SIR
Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira
Nozima xonadan chiqib ketgach, men ham Jasurning ortidan chiqdim. Ovqatlanish uchun kafega kirdik. Hayolim parishon edi... Boʻlib oʻtgan hodisalarni oʻylab oʻtirardim. Bu holatimdan Jasur hayratga tushdi.
- Nima boʻldi Temur? Nimani oʻylab oʻtiribsan? Ovqatingni yemaysanmi issigʻida?!
Jasurga hayolchan nazar tashladim.
- Jasur...
- Ha oʻrtoq?
- Boyagi qizni tanidingmi?
- Qaysi qiz?
- Boya xonamizga kirdi-ku, oʻsha qizni?
- Yoʻq. Birinchi marta koʻrib turishim...
Hayron qoldim.
- Qanaqasiga?! Axir kafeda oʻtirganimizda u qiz anavi stolda bir dugonasi bilan oʻtirgandi-ku?! Sen ularga gap otganding...
- Qachon? Esing joyidami oshna?! Men bir hafta kamandirovkada edim-ku, oʻzi bugun kelgan boʻlsam... Bu kafega endi kirishimizku...
Jasurning gaplaridan xushim boshimdan uchib ketdi.
- Sen bugun ertalab ishga kelib boshim qattiq ogʻriyapti deding. Dori berdim. Ichib boʻlgach, boshingni stol ustiga qoʻyishing bilan uxlab qolding. Rossa uygʻotishga harakat qildim, turmading... Yaxshiyam boshliq yoʻq edi!
Demak men qattiq uxlab qolganman. Keyin tush koʻrganman... Lekin Nozimachi?! Menga tashlab ketgan xatichi?! Aqlim ishlamay qoldi. Ertangi kunni oʻylardim. Oʻylaganim sari yuragim orqaga tortib keta boshladi. Qoʻrqayotgandim... Keyin hayolimga bir fikr keldi. Agar oʻsha payti uxlab qolmasam, tush ham koʻrmayman... Hammasi joyida boʻladi.
Uyga ketayotib bir qancha achchiq, uyquni qochiradigan kofe sotib oldim. Ertalab vaxtliroq uygʻonay deya 8 boʻlmasdanoq uyquga yotdim. Tongda turdim. Birinchi qiladigan ishim kofe damlab ichish boʻldi. Bittaga qanoat qilmadim, jami 4 chashka kofe ichdim... Hayolim parishonligigami ishimga ham borgim kelmadi. Jasurga telefon qilib biroz mazam boʻlmayotganini aytdim. Har 10 daqiqada soatga qarab qoʻyaman... Uyda siqilib ketdim. Kutubxonaga borib chamasi 5-6 daqiqa kitob oʻqib oʻtirdim... Vaqt nihoyatda sekin oʻtardi... Kutubxonadan chiqib biroz koʻchalarni sayr qildim, soat 8:50... 10 daqiqa qoldi. Men esa koʻchadaman. Koʻchada uxlab qolmayaman-ku?! Demak hammasi joyida qoʻrqmasam ham boʻladi! Shahar boʻylab sayr qilarkanman, koʻprikka kelib qoldim... Koʻprik ostidan sharillab oqayotgan anhor bor edi. Anhor bir qarashda sokindek tuyuladi lekin u juda kuchli va tez oqayotgani unga tashlangan bakalashkalarning zuvv etib oqib oʻtishidan bilinib turardi. Biroz muddan suvning oqishini tomosha qilib turdim. Atrofda hech kim koʻrinmasdi...
Birdan ortimdan kuch bilan kimdir meni pastga itarib yubordi. Uning qoʻllari shunaqangi kuchli ediki yelkamga tekkanida badanim holsizlarib, boʻshashib ketgandek boʻldi. Koʻprikdan pastga, sharros oqayotgan anhorga qulab tushdim. Suzishga harchand harakat qilmay, suv oqimi juda kuchli edi. Bazoʻr boshimni suvdan chiqarib yuqoriga qaradim, ne koʻz bilan koʻrayki yuqorida, koʻprik ustida Nozima menga qarab shirin jilmayib turardi. U bilagidagi soatini koʻrsatdi. Barmoqlari bilan 9 boʻlganiga ishora qildi. Men bor kuchimni toʻpladim, boshimni bazoʻr suvdan chiqardim, qoʻl va oyoqlarim bilan oqimga qarshi tinmay harakat qilardim. Nozimaga qarab baqirdim.
- Axir uxlamagandim-ku?! Uxlaganim yoʻq edi...!!! Adolatsizlik bu! Adolatsizlik!
Nozima bir ogʻiz ham gapirmadi. Faqat jilmaygan koʻyi menga qarab turardi. Men dod solib baqira boshladi. Atrofda Nozima va mendan boshqa hech kim yoʻq edi... Borgan sari kuchdan qoldim, oʻgʻzimga tinimsiz suv kirib ichim suvga toʻlib ketdi... Boʻgʻzimgacha suv qopladi. Men choʻkayotgan edi. Boshim bir suv ustiga, bir suv ostiga kirib chiqar, Nozimaning kulishlarini elas-elas koʻrib qolar edim. Oxiri kuchim qolmadi! Men oqimga boʻy sundim... Suvning tubiga cho'kdim... Yuragim asta urishdan to'xtadi. Suv ostida nafas ololmaganim uchun oʻpkam qiynalib ogʻrib ketti. Xushimni yoʻqotdim. Nazarimda oʻlayotgan edim...
Jonsiz qolgan badanimga muzdek shabboda urildi. Ichimga toʻlgan suvlar asta ogʻzimdan oqib ketayotganini his qila boshladim. Yana qayta nafar olardim. Ammo hamon koʻzlarimni ocholmasdim...
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: Chamasi yarim soatcha shu holatda yotdim. Qulogʻimga qushlarning chirqillagan ovozi kela boshladi. Bu ovoz borgan sari kuchayib bordi. Ovoz shu qadar kuchaydiki qulogʻim shangʻillab ogʻriy boshladi. Bazoʻr koʻzlarimni ochib osmonga qaradim. Qaradimu daxshatdan yotgan joyimdan sapchib turib ketdim. Tepamda minglab gʻalati shakldagi qushlar charx urib chirqiragancha aylanishardi. Ularning shakllari shu darajada gʻalati va gʻayrioddiy ediki, dunyo dunyo boʻlib bunaqasini koʻrmagan edi. U qushlarning qanotlaroda minglab tikonlari bor edi. Koʻrgan odam pat oʻrnida tikon oʻsgan deb oʻylashi aniq. Tumshugʻida xuddi boʻrining tishlari singari keskir tishlari bor edi. Dumi ham gʻalati... Uzun lentaga oʻxshardi. Uchayotganda har tarafga muttasil hilpirab turardi. Men jon holatda baqirib yubordi. Oʻrnimdan turib qocha boshladi. Qushlar ortimdan uchishdi. Meni yiqilib tushdim. Minglab tikon patli, oʻtkir tishli bu vaxshiy qushlar men tomon yogʻilib kela boshladi. Meni shunaqangi choʻqib tashlashdiki butun badanimdan qon chiqa boshladi. Ogʻriqdan dod solardim! Bunaqangi azobni his qilishning oʻzi ogʻir azob edi! Men baqirishdan boshqa hech bir ish qololmadim. Qoʻllarim bilan boshimni pana qilib oldim. Qushlarning patga oʻxshash tikonlari badanimni tirnab tashladi. Ustimdagi kiyimlarim qip-qizil qonga belandi... Oʻzimdamasdim, oʻgʻriq meni aqldan ozdirgandi. Telbalardek har tomonga oʻzimni ota boshladim. Qushlar esa baʼzan birin-ketinlikda, baʼzan esa yoppasiga menga hujum qilishar, meni choʻqib, tirnab, hatto tishlab tashlashar edi! Birdan juda kuchli ovoz yangradi. Bu ovoz xuddi pashshaning gʻingʻillashiga oʻxshab ketardi. Qushlar ovoz taʼsirida mendan uzoqlashdilar... Meni tashlab, ovoz kelgan tomonga qarab uchib ketishdi. Keyin bilsam bu qushlarning koʻzlari yoʻq ekan!!! Faqat quloqlari yordamida oʻlja topishar ekan. Shu uchun ham men holsiz yotganimda menga tegishmagan. Chunki ular meni koʻrmagan ekan! Baqirganimdan keyin meni payqab qolishgan...
Tanamdagi ogʻriqqa chidab boʻlmasdi. Butun tanam qon bilan qoplangan, yuray desam oyoqlarim sudralib ketar, zarracha ham kuchim yoʻq edi! Gup! etib yiqilib tushdim... Koʻzlarim oʻzidan oʻzi yumilib ketaverdi...
Uygʻonganimda qorongʻu tushgan edi. Osmondagi oy xuddi peshonam tepasida turgandek juda kattalashib ketgandi! Oy nurida hammayoq yop yorugʻ edi... Lekin osmon zim ziyo... Bir dona yulduz ham koʻrinmas, faqat kattagina oy porlab turardi. Men anchagina kuchga toʻlib olgandim. Lekin hamon badanim yaralar bilan toʻlib toshgan edi. Oʻzimni bazoʻr koʻtardim... Oʻrnimdan turdim. Oyogʻimga yengil suv urilayotganini his qildim. Yaxshilab razm solsam, sohil boʻyida ekanman! Sohilning ranglari juda ajoyib tovlanar edi. Oy nurlari ostida baʼzan qizgʻish rangda, baʼzan olovrang tusda, baʼzan esa siyohrang jilvalar bilan odamni rom etar edi... Bu yerdagi moʻtadil havo badanimga yoqa boshladi. Biroz oldingi qushlarning bergan azoblarini bir muddat unutdim!
Oʻzimni anchayin oʻnglab oldim, ichkaridan, daraxtlar bilan toʻlib toshgan joydan har xil ovozlar kela boshladi... Arining gʻingʻillashi quloqni qomatga keltirar darajada kuchaydi. Quloqlarim shangʻillab ketdi. Kaftlarim bilan ularni maxkam toʻsib oldim. Bir joyda turaverishdan zerikdim... Ichkari meni oʻziga tortardi...
Asta yurdim... Yuryapmanu lekin qadamlarim uchib ketsyotganga oʻxshardi. Ular shunday yengil, shunday sezilmas boʻlib qolgandiki... Oʻzim ham hayron edim. Daraxtlarning panasiga kirdim. U yerda gulxan atrofida boʻylari yarim metr ham kelmaydigan qora tanli odamchalar qoʻllarida doʻmbiraga oʻxshash narsani taraqlatganicha aylanib raqs tushishar edi. Ularning qilayotgan harakatlarini bir muddat tomosha qildim... Keyin birdan orqamga, ikki yelkamning oʻrtasiga uchli narsa tiraldi. Ogʻriq zoʻrayib ketdi.
- Aaaaaxxxx!
Jon achchigʻida ortimga oʻgirilib qaradim. Tizzamdan ham kelmaydigan bir pastak odamcha qoʻlida oʻtkir nayzasini menga oʻqtarib turganini koʻrdim. U oʻz tilida sheriklarini chiqirin chaqira boshladi. Bir necha soniya ichida atrofimni yuzlab mitti odamchalar oʻrab oldi.
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: Men nima qilarimni bilmay qoldim! Baʼzan qoʻrquv qalbimni egallasa, baʼzan bu odamchalar meni nima qilisharkin deya qiziqardim... Ularning barchasi qoʻliga uchli nayza ushlab olgan, barchasining koʻzlarida gʻazab oʻti chaqnardi
Birdan menga yoppasiga xujum qilishdi. Atrofimni oʻrab olganlari uchun hech qayoqqa qochib ketolmadim. Qoʻllarimni qichitqi oʻt bilan bogʻlashdi. Bu oʻt shu darajada qoʻlimni qichittiki bilaklarim qip qizarib hatto koʻkarib ketdi. Meni katta bir daraxtga olib borib bogʻlashdi. Bu daraxtdan jirkanch shilimshiq narsalar muttasil oqib turarkan... Yuzimga oqib tushdi. Hidiga chidab boʻlmasdi. Ular yer kovlashdi... Keyin oʻsha kavlangan joyga qandaydur qozonni eslatuvchi idishni joylashtirdilar. Tagiga olov yoqib meni bogʻlashgan daraxtdan anchagina oʻsha shilimshiq narsadan olishdida qozonga solishdi... U varaqlab qaynay boshladi. Hidi shunday ham yoqimsiz ediki, burnimni jiyirib oldim. Koʻnglim ayniy boshladi. Odamchalardan 3-4 tasi har xil hayvonlarning oʻligini olib kelishdi. Atrof battar badboʻy hidga toʻlib ketdi. Birin ketinlikda olib kelingan hayvon oʻliklarini qozonga tashlashdi. Ular tashlanishi zahoti "Vishshshsh" etib bugʻ koʻtarildi va qozon ustiga suyaklar qalqib chiqdi. Bir odamcha qozon ustiga chiqib qolgan suyaklarni yigʻib oldi. Meni koʻnglim aynib qusa boshladim. Mazam boʻlmay ketar, koʻz oldimdagi manzara yuragimni bexalovat qilardi. Asta sekin qozon ichidagi suyuqlik sariq tusga kirdi. Keyin uni kosalarga quydilar. Odamchalar shu jirkanch narsani yeb qorinlarini toʻygʻazdilar. Bir payt biri menga ham kosada toʻlatib oʻsha suyuqlikdan olib keldi. Biri yelkalarim ustiga chiqib zoʻrlab ogʻzimni ochdi, ikkinchisi esa kosadagi narsani ogʻzimga quydi. Koʻzlarimdan yosh otilib chiqdi. Bu narsa ichimga kirgan zahoti ichki azolarim titilib ketgandek boʻldi. Oʻzimni yomon, juda yomon his qilardim... Ular mana shunday ziyofatdan soʻng ov qilish uchun daraxtlar ortiga kirib ketishdi. Atrofda mendan boshqa hech kim qolmadi. Daraxtga bogʻlangan holimda dong qotib uxlab qolibman... Uxlayapmanu yuzimga nimadur chakkillab oqayotganini his qildim. Tomchi faqat bir joyga oqib tushar tushgan sari boshimda kuchli ogʻriq turardi. Koʻzimni ochib, yuqoriga qaradim... Tepamda turgan jonzotdan daxshatga tushdim. Jon holatda qichqirib baqirib yubordim... Tinimsiz baqira boshladim. Juda qattiq qoʻrqib ketdim... Mening ustimga oqayotgan narsa uning soʻlagi ekan... Uzun siyohrang tishlarini gʻichirlatganicha ustimga egildi... Koʻzlari ilonning koʻziga oʻxshaydi... Faqat sap-sariq tusda. Meni yemoqchi boʻlib tishlari bilan daraxtga urildi... Daraxt qarsillab sinib ketdi. Meni oʻrab olgan chirmovuqlar yechildi. Men yugurib qocha boshladim. U ham ortimdan qolmay meni quvib kelardi... Yugurarkanman qandaydir jarlikka kelib qoldim. Boshi berk koʻcha! Ortimdan yirtqich maxluq quvib kelardi, oldimda esa tubsiz jarlik... Oʻylashga koʻp ham vaqtim yoʻq edi. Maxluqning chinqiriq ovozi baralla eshitila boshladi.
- Bismillah!
Oʻzimni jarlikka qarata otdim... Yelkam va belimda kuchli ogʻriq sezildi. Oʻrnimda turdim, yuqoridagi qaradim. Bir juft sap-sariq koʻzlar meni axtarardi. Men ham unga koʻrinmaslik uchun pana joylarda asta yura boshladim... Qandaydir gʻorga kelib qoldim. Biroz dam olish uchun ichkariga kirdim. Ustimdagi kiyimlarimga qarab boʻlmasdi. Nimta-nimta boʻlib titilib ketgan koʻylagim va tizzalari yirtilib ketgan jensi shishim, krasovkam ham bir ahvolda edi. Gʻor ogʻzi yaqinidan jildirab suv oqardi. Suvga boqtimu oʻzimni taniyolmay qoldim! Suvdagi aks goʻyo meniki emasdi. Yuzim qip qizil qon... Sochlarim ham toʻzgʻib ketibdi... Suv bilan yaxshilab yuvinib oldim. Biroz tanam rohatlandi... Gʻor ichiga kirdim, koʻzimga allanarsalar yiltirab koʻrina boshladi. Beixtiyor oʻsha tomonga yurdim. Yo Alloh! Qanday moʻjiza! Bu yer olmos gʻori ekan. Turli rangdagi olmoslar har xil jilolanib gʻor ichida oʻzgacha muhit yaratgan edi. Qizgʻish, binafsharang, moviy va yashil ranglar uygʻunligi odamni aqldan ozdirar darajada goʻzal! Toshlarning jilvalanishi kishini sehrlab qoʻyar edi.
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: Men moviy toshlar qalashib yotgan joyga keldim, asta oʻtirib moviy tusdagi olmoslarni qoʻlimga oldim. Umrimda ilk bor bunday narsani qoʻlimga olishim edi. Hayajondan boshim aylanib ketdi.
Gʻor ichini ancha vaqt sahr qildim. Keyin kichkinagina sandiqchaga koʻzib tushib qoldi. Sandiqcha boshdan oyoq olmoslar bilan qoplangan edi. Qulfi yoʻq ekan! Yoniga choʻkkaladim, biroz shu holatda oʻtirdim. Qandaydir ochishga qoʻrqayotgandim, lekin qiziqishim qoʻrquvimdan ustun keldi... Sandiqni ochdim. Ichida bir kitob bor ekan. Juda eski, chang bosib ketibdi... varoqlari ham ancha yupqargan, chetlari yedirilgan... Kitobni avaylab koʻra boshladim. Unda turli gʻalati rasmlar, ramzlar, qanaqadur imzolar bor edi. Kitob oʻrtasiga yetganda bir sahifaga siyoh bilan chizilgan rasm meni eʼtiborimni tortdi... Unda bir qizning surasi chizilgan, qizning yuzi noaniq! Har tarafidan zanjirlar bilan oʻralgan... Yuragidagi zanjir tilla rangga boʻyalibdi, qolgan zanjirlarning ranggi qora! Qizning atrofida alanga yonib turibdi. Qiz nazarimda qichqirayotganga oʻxshardi. U bu azobdan chinqirayotgandi! Rasmga yaxshilab razm soldim... Qizning sochlari, noaniq chizilgan yuzi... Butun tanasini qoplagan zanjirlar... Birdan miyamga urildi. Axir bu Nozima-ku?! Ha! Ha! Nozima! Xuddi oʻzi!!!
Kitobdagi rasm meni butkul hayajonga soldi. Shu payt ichkaridan minglab, balki millionlab koʻrshapalaklar uchib kela boshladilar. Ular menga menga kelib urilishar, urilishlar zarbidan qoʻlibdagi kitobni tushurib yubordim. Gala koʻrshapalaklar orasidan kitobni topolmasdim! Oʻzimni jonimni saqlash uchun jon holatda yugurdim, gʻordan chiqib olish uchun tinmay chopa boshladim... Yugurayotib qoqinib ketdim. Boshim katta bir toshga urildi... Hushimni asta yoʻqotdim...
- Kechirasiz... Kechirasiz!
Qiz bolaning ovozidan choʻchib ketdim. Koʻzimni ochib atrofga alangladim. Menga qarab bir qiz turardi.
- Uygʻondizmi?! Kutubxonamiz 12 gacha ishlaydi. Soat ham 12 boʻldi. Berkitishimiz kerak!
Telbalardek atrofga qoʻrqa pisa qaradim. Boyagi qiz meni aqldan ozgan deb oʻyladi shekilli, menga hayron boʻlib qaradi.
- Tinchlikmi? Nimani qidiryapsiz?
- Men qayerdaman?
Qiz battar ajablandi.
- Kutubxonadasiz. Ertalab 8 yarimda kelgandiz. Oʻqish uchun kitob oldiz. Soat chamasi 9 larda qarasam uxlab qolibsiz. Uygʻotgim kelmadi... 3 soatdan koʻp uxladiz, oxiri majbur uygʻotdim... Bu yerni berkitishimiz kerak...
Hammasini tushundim. Demak kutibxonada uxlab qolganman. Jon ursin! Qanaqasiga axir?! Sekin oʻrnimdan turdim. Kutubxonachiga olgan kitobimni topshirdimda, eshikdan asta chiqib ketdim. Hayollarim har tarafda uchib yura boshladi. Nega aynan men?! Nega menda bunaqa hodisalar boʻlyapti oʻzi?! Uyga qarab ketarkanman boshim tars yorilib ketar darajada ogʻriy boshladi. Telefonim jiringladi. Oldim, Jasur ekan.
- Alo...
- Aloo, Temur. Ancha yaxshimisan?!
- Ha... Yaxshiman oshna. Nima gaplar? Boshliq meni kelmaganimni bilib indamadimi?
- Yoʻq tashvishlanma... Mazasi biroz yoʻq ekan dedim...
- Yaxshi... Rahmat oʻrtoq.
- Temur...?
- Nima deysan?
- Iloji boʻlsa ishxonaga bir kelib ketsang degandim. Boshligʻimiz qayoqqadir ketdi. Men bir hujjat ustida boshim qotib qoldi. Shuni koʻrib bersang... Men qandaydir tushunmayapman, bir soatdan beri shu bilan ovoraman!
Juda charchahandim. Koʻrgan voqeliklarim meni ruhan zaiflashtirib qoʻygandi. Lekin doʻstimni xafa qilgim kelmadi.
- Mayli boraman... Lekin boshim qattiq ogʻriyapti, Jasur.
- Kechirasan oshna, bir koʻrib bersang boʻldi. Keyin uyingga ketaverasan!
- Xoʻp boryapman...
*
Ishxonaga kirdim. Liftga chiqib 2-qavatga, hisobchilar boʻlimiga koʻtarildim... Lift ochilib boʻlib ostonasidan hatlashim bilan koʻzlarim moshdek ochilib ketdi! Roʻparamdagi stolda Nozima kompyuterda nimalarnidir yozib oʻtirardi! Men karaxt boʻlib qoldim. Hayotimda boʻlayotgan gʻayrioddiy hodisalardan lol edim! Nozima tomon asta yaqinlashdim. Birdan koʻzlarini komputer ekranidan uzib menga qaradi. Lablari, uning chiroyli lablari yana doimgidek shirin jilmaydi.
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: - Keldizmi?
Uni bergan savoli meni gangitib qoʻydi. U yana oʻsha mayin ovozida gapirishda davom etdi.
- Bu safar ancha qolib kettiz? Kutib qoldim sizni...
Ha! Hammasini u qilyapti! Meni gʻalati joylarga joʻnatyapti! Lekin maqsadi nimaykin?! Hayotimdagi halovat, huzur shu qizni deb yoʻqoldi! Fikrlarim chalkash, Nozima bilan yaxshilab gaplashib olmoqchi boʻldim.
Endi ogʻiz juftlab unga gapirmoqchi edim, eshik ochilib Jasur kirib keldi.
- Iyaaa, doʻstim keldingmi?! Mazang yaxshimi?
Koʻzlarimni Nozimadan uzmay Jasurga tez-tez javob berdim.
- Yaxshi-yaxshi!
Jasur qoʻlimdan tortqilab oʻzimizning kabinetimizga olib kirdi. Koʻzim hamon Nozimada! U ham menga tikilib turibdi. Keyin yana jilmaydi, asta joyiga oʻtirib ishini davom ettirishga tushib ketdi. Men ham undan koʻzimni uzdim.
- Buncha tikilib qolding, nima yoqib qoldimi? Lekin haqiqatda juda ketvorgan qiz ekan!
Jasurning haplari ensamni qotirsada parvo qilmadim. Fikri hayolim meni boshimga tushgan voqealarda edi...
- Nima qilish kerak edi, tezroq koʻrsat...
- Buncha shoshmasang! Mana qara, mana bu hujjjat nimasidur chalkashmi? Bilmayapman...
Jasurning ishini toʻgʻirlarkanman, miyamda turli oʻy-fikrlar qalashib ketgan edi. Oʻzimni beparvolarcha tutgancha asta Jasurdan soʻradim.
- Anavi qizni ismi nimaykan?
- Qaysi?! Boyagi koʻz uzolmaganingmi?!
Jasur kuldi. Qitmirlik qilib koʻzlarini qisib qoʻydi.
- Ismi Nozima... Kecha ishga kirmoqchi boʻlib hujjat olib kelgandiku esladingmi? Oʻsha qiz! Bugun kotibalikka ishga olinibdi. Boshligʻimizni yangi kotibasi!
- Nozima?
- Ha... Nozima.
- Familiyasi nima ekan?
- Familiyasini nima qilasan? Tavba qildim! Bilmayman familiyasini... Hali tanishishga ulgurmadik. Kelganidan beri bir narsalar yozib oʻtiribdi. Gapirmaydiyam...
- Haa...
Jasurning gaplari bilan Nozima haqida ozmi koʻpmi maʼlumotga ega boʻldim. Ish vaqti tugaguncha Jasurning hujjatlarini toʻgʻirlashimga toʻgʻri keldi. Nihoyat ish yakunlangach, uyga ketmoqchi boʻldim. Chiqsam Nozima ham ketish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan ekan. Ustiga kastumini kiydi, kiyib olgan kiyimlari qomatiga shunaqangi yarashgandiki... U haqiqatda chiroyli qiz edi. Lekin menga nisbatan qilayotgan gʻalati ishlari sababmi undan hayiqardim. Jasur menga rahmat aytdida, shoshilganicha chiqib ketdi. U liftga chiqdim. Ortimdan Nozima ham chiqdi. Unga gapirgim kelar, lekin ichimda qandaydir qoʻrquv bor edi. Qanchalik urinmay hech ham gap boshlolmadim. Lift toʻxtadi. Nozima va men birgalashib liftdan tushdik... Ishxonamiz binosida chiqar ekanmiz, birdan Nozima qoʻlimdan ushlab oldi.
- Nima qilyapsiz? Koʻchani oʻrtasidamiz Nozimaxon...
- Mendan qoʻrqyapsizmi?
- Nega unaqa deyapsiz?
- Sezib turibman, qoʻrqyapsiz...
Asta unga yaqinlashdim. Koʻzlarimni uning tim qora sirli koʻzlariga qadadim. U ham mendan koʻzini uzmasdi. Qoʻlimni asta qoʻyib yubordi.
- Nega aynan men?!
Unga bergan birinchi savolim shu boʻldi.
- Bilmayman... Xudo haqqi bilmayman, ishoning. Lekin menga sizdan boshqasi yordam berolmaydi... Buni aniq bilaman!
- Hayotimni buzdiz! Halovatim yoʻqoldi. Atrofga qoʻrquv bilan boqadigan boʻlib qoldim!
Nozima menga yanada yaqin keldi. Uning nafasi bilan mening nafasim bir-biriga qorishib ketdi.Badanim titray boshladi... Lablari yuzlarim oldidan tegar tegmas oʻtib, qulogʻim yaqinida toʻxtadi... Asta, oʻta mayin ovozda gapirdi.
- Bir hafta dam oling... Sizga oʻzim xabar beraman.
Gangib qoldim. Bir soʻz deyolmadim. Nozima mendan tobora uzoqlashib ketardi. Keyin bir gap yodimga keldi, ortidan baqirdim.
- Kitob! Kitobdagi qiz sizsiz toʻgʻrimi?!
Nozima oʻgirildi. Koʻzlari hayratdan katta-katta ochilib ketdi.
- Kitobni topdizmi?
- Ha...
Nozima hayrat va qoʻrquv aralash menga qaradi. Koʻzlaridagi ifoda meni qalbimni ham qoʻrquvga soldi. Indamay ortiga burildi va tez-tez yurganicha koʻchaning narigi tomoniga oʻtib, koʻzdan gʻoyib boʻldi...
2-TUSH TUGADI.
⏰21.02.2025. 13:20