Tushlar vodiysi / 1-chapter

1-chapter: 1-TUSH. O'ZGA OLAM

• 29.10.2026 • ~12 daqiqa • 27 read

[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: Tushlar vodiysi

(Hikoya. Mistik).

ESLATMA: Hikoya qo'rqinchli. Yangi yo'nalishda o'zimni sinab ko'rgim keldi. Inshaalloh yoqadi degan umiddaman.


Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira 

1-TUSH. OʻZGA OLAM. 

Bugun ishlarim nihoyatda koʻp. Kuni bo'yi kompyuterga termulib o'tiraverib bo'ynim og'rib qolibdi. Ko'zlarim hiralashdi, ko'zoynagimni yechib ko'zlarimni qo'lim bilan yaxshilab ishaqaladim. Ozgina o'zimga dam berdim. Stolim ustida bir dunyo hujjatlar qalashib yotibdi. Ehh, bularni qachon tugatarkinman...
- Temur! Tushlik qilmaymizmi qorin piyozni po'sti bo'lib ketti-ku?!
Boshimni ba'zor ko'tarib ro'paramda turgan hamkasbim Jasurga qaradim. Haqiqatda mening ham qornim juda ochqagandi.
- Mayli... Ovqatlanamiz. Hozir yana 5 daqiqalik ishim qoldi. 
- Xoʻp bo'laqol tezroq! 
Ishlarimni tugatdim. Jasur bilan ishxonamizga yaqin kafeda tushlik qildik. Yonimizdagi stolda ikkita qiz o'tirar edi. Biri juda yoqimtoy, biri esa biroz ko'rimsizroq edi. Jasur qizlarga suyagi yoʻq bola. Qiz bolani ko'rdi deguncha so'lagi oqadiganlardan. Darrov qizlarga gap otishga tushib ketti.
- Salom qizlar! Zerikmayapsizlarmi?
Qizlarni ensasi qotdi. O'rtog'imni nazarlariga ham ilishmadi. Beparvogina javob berishdi.
- Zerikkanimiz yoʻq...
Yoqimtoy qiz menga asta jilmayib qaradi. Uni ko'zlarida allaqanday sehr bordek edi. Yoki menga shunday tuyuldimi? Nima bo'lganda ham bu qiz menga e'tibor bilan, boshdan oyoq razm soldi. Hijolat tortdim.
- Yaxshi qiz tinchlikmi? Menga boshqacha qarayapsiz? 
Qiz cho'chib ketdi. Chiroyli ko'zlarini katta-katta ochganicha hech narsa demay o'rnidan turdi. Hatto dugonasiga ham qarab o'tirmay kafedan yugurib chiqib ketdi. Bu hol menga juda g'alati tuyuldi. Dugonasi ham hayron qoldi.
- Nozi... Qayoqqa?!
Dugonasi "Nozi" ni ortidan chiqdi. Ular qaytib kafega kirishmadi...
Jasur bilan ishxonaga qaytdik. Ikkimiz ham u qiz nima uchun bunchalik qo'rqib ketganidan hayron edik. Tushunolmadik. 
- Jasur...
- Ha?
- Boyagi qizni o'ylayapman. Yuzlari qo'rqqanidan oqarib ketdi... Xuddi bir narsani ko'rgandek...
- Bilmadim o'rtoq... Men ham hayronman.
Ish tugadi. Uyga qaytyapman. Uyimning eshigini tagida boyagi qiz turibdi! Ko'zlarimga ishonmasdim. Endi uni qaytib ko'rmasam kerak deb o'ylagan edim. Qiz biroz g'amgin ko'rindi. Unga yaqinlashdim. Meni ko'rdiyuu yana yuzi oqarishni boshladi...
- Yaxshi qiz? Nega mendan qo'rqyapsiz? 
Qiz indamadi. Lekin boyagidek qochmadi ham. Turgan joyidan qo'zg'almadi.
- Sizdan bir iltimosim bor edi.
- Qanday ekan? Bemalol aytavering...
- Sizni bir joyga taklif qilmoqchi edim.
- Qayerga? Ochiqroq aytavering...
- Bilasizmi... Men yaqinda turmushga chiqishim kerak edi. Unashtirilgan yigitim yaqinda vafot etdi. To'yimizga atiga 5 kun qolgan edi.
- Alloh rahmatiga olsin... Yaxshi ish bo'lmabdi.
- Haaa...
Qizni ko'zlari yoshlandi. Lablari titradi. 
- O'sha yigitim kecha tushimga kirdi. Bir joyga borishimni aytdi. Lekin u yerga o'zing yolg'iz borma dedi. Menga sizni ko'rsatdi. Siz... Siz... Halegi... Juda ayanchli ahvolda ediz tushimda.
- Ayanchli ahvolda?
- Haa... Tasvirlab berolmayman. Lekin agar men bilan o'sha joyga bormasangiz, ular meni o'ldirishini aytishdi.
Yuragim orqaga tortib ketdi. Bu qiz jinni nima balo?! Qanday gaplarni gapiryapti? Hech narsaga tushunmadim. Qanqa joy o'zi u? Buni yigiti meni qayerdan taniydi? Kimlar bu qizni o'ldirmoqchi?!
- Singlim... Ochig'i gaplarizga umuman tushunmadim. Jon oluvchi faqat Alloh. Siz faqat Allohdan qo'rqing. 
- Bilaman. Lekin... Bormasak bo'lmaydi... Iltimos qilaman yoʻq demang.
Tavbaaa! G'alati holatga tushdim-ku?!
- Yordam bering menga... Iltimos...
Qizning javdirab menga qarab turishi yuragimni eritib yubordi. Rozi boʻldim. 
- Ertaga shu yerda ko'rishamiz. Sizni o'zim u yerga olib boraman.
- Xoʻp...
Qiz ketdi. Ko'nglim g'ash edi. Uyimga kirdim. Ovqatlanmadim. Hayolim har yoqqa to'zg'ib ketdi. Bir tomondan bu g'irt ahmoqlikday tuyuldi. Bir tomondan qo'rqa boshladim. Boshqa tomondan u joy qanaqa joy ekanligiga o'zim ham qiziqib qolgan edim. Xullas yarim tungacha o'ylanib yotdim...
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: "Allohu Akbar, Alloooooohu Akbar!"
Azon ovozidan uyg'onib ketdim. Bomdon mahal. Tahorat oldim. Namozimni o'qidim. Quyosh chiqquncha biroz Qurʼon tilovat qildim. Nonushta qilib, kiyimlarimni kiyib ko'chaga chiqishim bilan kechagi qiz meni kutib turganini ko'rdim. "Na muncha vaxli kelmasa!" 
- Assalomu alaykum!
- Va alaykum assalom, singlim yaxshimisiz?
- Yaxshiman. Kettikmi?
U juda shoshilar edi. Ko'zlaridan sovuq o't chaqnadi. Kipriklarini shunday tez pirpiratardiki... 
- Nega buncha shoshyapsiz? Soat endigina 8 bo'ldi-ku?!
- Tezroq boraylik!
- Xoʻp, yaxshi...
Yo'lga tushdik. Mashinaga o'tirdik. Mashinada yelkam qizning yelkasiga behos tegdi. Etim jimirlab ketdi. Qandaydur badanim seskandi. Ancha yurdik. 2 soatcha vaqtdan keyin qiz mashinani to'xtatdi. Yonidan 100$ chiqarib taksichiga uzatdi. Men shoshib qoldim.
- Iyiii singlim men to'layman yo'l kirani. 
- Yoʻq, bo'ldi mashinadan tushing. Kechikyapmiz.
Taksichi qo'lidagi 100$ ni nima qilishini bilmay hayron turib qoldi.
- Opaa... Bu puliz juda ko'pku. Endi yoʻlga chiqqanim uchun hali pul ishlolmagandim. Maydalab berolmayman. Iloji bo'lsa so'm bering...
Men cho'ntagimni kavladim. 150 ming pul chiqarib taksichiga uzataman desam boyagi qiz qarshilik qildi. 
- Yoʻq pulizni solib qo'ying cho'ntagizga! 
Qiz taksichiga asabiy qaradi.
- Olavering hammasi sizga. Faqat tez keting bu yerdan!
Hayratta qoldim. Oyog'imni uchigacha qaltirar edim. Bu qizdan qo'rqa boshladim. Taksichi ketdi. Qiz meni qo'limni ushlab oldi. Badanimga ilon chirmashgandek bir sakrab ketdim.
- Singlim hijolat qilyapsiz... 
- Nega qo'rqasiz? Yeb qo'ymayman. 
Qiz kuldi. U shunday hirs bilan kuldiki ko'zlaridan qip-qizil olov chiqib ketgandek tuyuldi. Ichimda "Astagʻfirulloh" ni ayta boshladim. Qiz meni panjarali darvoza oldiga boshladi. Bu yerda ikkimizdan boshqa hech kim yoʻq edi. Jim-jit, osuda... Tep-tekis yer! Faqat yerning o'rtasi odam bo'yi qilib kavlangan, atrofida turpoqlar sochilib yotar edi.
- Qarang shuncha vaqt ko'rishyapmizu bir birimizni ismimizni bilmaymiz...
- Men bilaman. Sizni ismiz Temur.
- Siznikini bilsam bo'ladimi? Dugonangiz sizni Nozi degan edi kafeda adashmasam...
- Ismim Nozima.
Nozima o'sha chuqurni yopib berishimni iltimos qildi. Chuqur yoniga yaqinlashdim. Kurakni olib turpoqlarni chuqurga tashlay boshladim. Birdan boshimga kuch bilan urilgan boshqa bir kurak zarbidan o'zimni bir on yo'qotib qo'ydim. Qarasam Nozima! Qo'lida kurak yuzi shunaqangi qo'rqichli ediki. U umuman boshqa bir maxluqqa aylanib qolgan edi. Qiz meni tinimsiz qo'lidagi kurak bilan urar edi. Yuzlarim qonga to'ldi. Jag'imga tekkan kurak zarbidan tishlarim sinib ketti. U juda kuchli edi. Hecham bas kela olmas edim.
- Esiz joyidami?! Nima qilyapsiz?!
Qiz javob bermadi. U vaxshiy qotillardek ayovsiz badanimga urar edi. Men sira qarshilik qilolmasdim. Faqat og'riqdan baqirar edim.
- Aaaaaaaa! Bo'ldi qil! Nega uryapsan meni!
Men chuqurga yiqilib tushdim. Chiqaman desam Nozima bunga yoʻl qo'ymas edi. Ketmonni olib yuqoridan boshimga tinmay ura boshladi. Hamma yoq qon bo'lib ketdi. Men qo'llarim bilan o'zimni himoya qilishga harchand urinmay, temir zarbi juda kuchli edi. Oxiri holdan toyib yiqildim. Chuqur ichida hammayog'im qonga belangan ko'yi, butun badanim og'rir, qo'l oyoqlarimni qimirlatolmay qoldim. Birdan yuzimga turpoq tusha boshladi. Nozima meni tiriklayin ko'mib tashlayotgan edi. Ovozim chiqmas unsiz dodlar edim. Nozima esa to'xtamas yuqoridan meni ustimga tinimsiz turpoq tashlar edi. Turpoq badanimni butkul qopladi. Bo'ynim, yuzlarim va ko'zim tuproqqa to'ldi... Nafas olishim qiyinlasha boshladi. Nozimaning shaytoniy kulgulari eshitildi. U juda xursand edi. Meni ko'mib bo'lgach qiqirlab kulganicha keta boshladi. Uning ovozi asta pasayib yoʻq bo'lib qoldi. Men hamon tirik edim. Badanim asta muzladi. Qo'llarim qonga belangan. Balki suyaklarim sinib ketgandir ham! Umuman qimirlolmadim. Nafasim qaytdi... Yuragim asta urishdan to'xtadi...
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON:
Oradan qancha vaqt o'tdi bilmayman, birdan muzlagan tanam yana qayta isiy boshladi. Yuragim yana urar, bemalol nafas olar edim. Zirqirab og'rib yotgan, hatto qimirlatolmay qolgan badanimga birdan jon kirdi. Ustimdagi tuproq yumshoq va juda mayin edi. Qo'l oyoqlarimni baravariga qimirlatib yuqoriga intildim. Avval qo'llarim, keyin boshim va nihoyat butun tanam bilan chuqurdan chiqib oldim. Ko'zlarim qumga to'lgan edi. Ancha vaqt ko'zlarimni ocholmay qiynaldim. Lablarim ham qurir, ichimga issiq olov kirib qolgandek yonardim. Va nihoyat koʻzlarimni ochdim. Ochdimu koʻz oldimdagi manzaradan dahshatga tushdim. Atrof qip qizil tuproq edi. Men bunday qaynoq va qon kabi qizil tuproqni dunyoning hech joyida koʻrgan emasdim. Osmonda bironta bulut yoʻq. Quyosh ham yoʻq. Osmon chang zarralari bilan toʻlgan edi. Oyogʻim qiziy boshladi. Issiqlik butun tanamga tarqaldi.
- Axxxx! Oyogʻimm!
Oyoqlarim kuyib ketib goʻshti chiqib qolgan edi. Koʻzimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. 
- Qayerga tushib qoldim oʻzi?! Bu Jahannammikin?!
Atrofda turli xil qichqiriq ovozlari yangradi. Men hamon yigʻlar edim. Ogʻriq borgan sari kuchayaverdi. Bir necha soniya ichida atrofda gʻalati mavjudodlar paydo boʻla boshladi. Tanasi odam tanasiga oʻxshab ketadi. Badanlari tun kabi tim qora. Nihoyatda ozgʻin va boʻylari baland edi. Biri meni payqab qoldi. Men tomonga shaxt bilan qayrildi. Yo Alloh!!! Uni yuzini koʻrdimu yuragim qoʻrquvdan yorilib ketdi. Burni va lablari umuman yoʻq edi! Yuzi tep-tekis tim qora. Ikki koʻzining ichida qizil olov yonib turardi. Qoʻrqqanimdan yiqilib tushdim. U kelib og'zini katta qilib ochdi. Tishlari yaxshilab charxlangan pichoqqa oʻxshardi. Tishiga qaraganimda oʻzimning aksimni koʻrdim. U men tomon asta yaqinlasha boshladi.
- Yoʻq-yoʻq!!! Yoʻoʻoʻoʻoʻq! Yaqinlashma! Yaqinlashma menga!
Oyogʻim kuyganicha bor kuchimni toʻplab yugurdim. U ortimdan qolmay taqib qila boshladi. Yurgim tanamdan otilib chiqib ketayotgandek dukillab urar, qoʻrquvdan badanim zir-zir qaltirar edi. Boyagi maxluq toʻxtadi. Men shu yerdagi tim qora katta bir tosh boʻlgining ortiga yashirinib oldim. Birdan ayol kishining chinqirib yigʻlagani eshitildi. Boyagi maxluqlardan biri bir ayolni (u ayol qip yalangʻoch edi! Yuzi esa qonga belangan... Men koʻzlarimni chirt yumib oldim) U ayol yanada qattiqroq chinqirdi. Yuragim oʻynab ketdi, koʻzlarimni ochdim. Maxluqlardan biri ayolni qoʻl va oyoqlarini yaxshilab bogʻladi. Boshqasi qoʻlida qandaydir xumchaga oʻxshash narsani olib keldi. Yana 5-6 ta maxluqlar ayolning atrofiga yigʻildilar... Men bu biron bir marosimmikan deb ham oʻylab qoldim. Xumcha koʻtargan maxluq qoʻlidagi idishni qopqogʻini ochdi, shart agʻdarib ayolning ustiga siltadi. Ichidan bir gʻaram gʻayrioddiy xasharotlar tushdi. Ochigʻi bunaqa jirkanch xashorotni umrim bino boʻlib koʻrmagan edim. Xasharotlar ayolning ustiga tushishgach uni kemira boshladilar... Ayol oʼriqdan dodlardi. Ovozi butun atrofga jaranglab ketdi. U qaysi tilda yigʻlab nola qilayotganini bilmadim, lekin ogʻriqni daxshatli ravishta kuchliligan oʻzini boshqarolmas, boshini har tomonga zarb bilan tashlar, beli va oyoqlari koʻtarilib ketardi. Xasharotlar ayolni bir necha daqiqada yeb bitirishdi. Har bittasi mushtimdek kattalikka ega boʻldi. Koʻz oldimda bir ayolning butkul yoʻq boʻlib ketganini koʻrib, oʻtakam yorilib ketdi. Ichimda tinmay pichirlab "Astagʻfirulloh" ni ayta boshladim... Koʻzlarimdan duv-duv yoshlar oqardi. Yigʻlardim qayerga tushib qoldim oʻzi?! Bu yer Doʻzaxmi?! Bu maxluqlar azob farishtalarimi?! Yigʻlayverib qovoqlarim ishib ketdi. Keyin gʻalati hodisa roʻy berdi. Yerda oʻrmalab yurgan jirkanch xasharotlar birdan odam kallasidek keladigan kattalikda ishib kettilar. Xuddi pufak ishirilgandek ishdilar va birin ketib yorilib ketishdi... Har bittasi yorilganida ichidan qip qizil qon otilib chiqardi! Bir zumda yon atrof qon bilan toʻldi. Atrofga judayam yoqimsiz hid taraldi.
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: Bu manzara shunaqangi daxshatli ediki qoʻrquvdan hatto nafas olishni ham unitib qoʻygandim! Keyin boyagi maxluqlardan eng boʻyi balanti keldi. U novcha, skalettek ozgʻin, et umuman yoʻq edi tanasida, faqat suyakning oʻzi borga oʻxshardi. Barmoqlari uzun-uzun, tirnoqlari ham pichoq singari uchli va shaffof edi. Bu maxluqlar umuman ovoz chiqarishmas, yurganida ham qadam tovushlari eshitilmas edi... U yerdagi qonni qoʻlidagi choʻmichga oʻxshash narsa bilan bir idishga quydi. Yerda bir tomchi ham qon qolmadi. Ishini bitirib boʻlgach, qon toʻla idishni koʻtarib qip-qizil choʻl oʻrtasida oʻsib chiqqan bir niholning oldiga keldi. Bu yangi unib chiqqan nihol juda nimjon va shakli ham juda xunuk edi. Maxluq nihol tagiga ayolning qonini quydi. Shunda ajoyib hodisa roʻy berdi... Boyagi daraxt novdasi birdan kattalashib xuddi boshqa maxluqlarga oʻxshash bir maxluqqa aylandi! Jonlandi va sheriklariga qoʻshildi. Esxonam chiqib ketdi. Shunda birdan tushundim, bu maxluqlar odamlarni shu tarzda oʻldirib qonlarini olishadi va oʻzlarini shu tarzda koʻpaytirishar ekan! Daxshatdan turgan joyimda qotib qoldim, axir u ayolning oʻrnida men ham boʻlishim mumkin edi-ku?! Ular meni koʻrib qolmasliklari kerakligini tushunib yetdim, aks holda ahvolim oʻsha ayolniki singari boʻlishi mumkin edi...

Holim qolmadi, oyogʻim qizib ketdi... Oyogʻimdagi issiqlik boshimgacha yetdi. Badanimda kuchli ogʻriq turdi.Muttasil koʻnglim aynir, bu yoqimsiz hidi dimogʻimga urulib meni behuzur qilardi. Nega aynan men?! Nozima oʻzi qanday tush koʻrgandi?! Bu yer qanday joy oʻzi?! Endi bu yerdan qanday qilib ketaman?! Savollar miyamga urila boshladi... Qiynalib kettdim. Maxluqlar hech narsa bilan oziqlanishmas edilar... Na suv ichishar, na taomlanishar... Koʻzlari olov singari yonar, har safar koʻzim tushib qolsa qalbimda titroq turardi. Men hamon qora tosh ortida turardim, hech qayoqqa qimirlay olmasdim, meni koʻrib qolishlaridan va meni ham boyagi ayolning ahvoliga solishlaridan qattiq qoʻrqardim. Birdan yelkamga kimdir tegindi. Shart ortimga burildim, shu on koʻzlarim chiqib ketgudek boʻlib katta katta ochilib ketdi. Maxluq uzun bsrmoqlarini yelkamga tekkizgan edi. U menga tobora yaqin kela boshladi! Mening peshonamdan tel oqib ketdi. Badanim suv boʻldi... Qoʻrqqanimdan tanam oʻzimga boʻysinmay qoldi. Qoʻl oyoqlarimdan mador ketdi. Gandiraklab yiqilib tushdim. Tinmay kalima qaytara boshladim.
- Astagʻfirulloh...! Astagʻfirulloh va Laaa ilaha illalloh Muhammadur Rasulullah... Astagʻfirulloh!!! Astagʻfirulloh!!! Laaa ilaha illalloh!!!
Baqirib kalima aytardim. Ogʻzim hech ham tinmadi... Koʻzimda yosh oqar, yigʻlab baqirib ortimga tisarilgancha sudralib-sudralib maxluqdan qochardim... 
U birdan toʻxtadi. Menga uzoq tikilib qoldi. Men ham uning olov yonib turgan koʻzlariga boqdim. Koʻzi ichidagi otashda oʻz aksimni koʻrdim! U meni dast koʻtarib oldi. Men yanada balandroq ovozda kalima qaytardim. U meni koʻtarganicha bir chuqurga olib bordi. Chuqur xuddi Nozima menga koʻmib bering degan oʻsha bizning dunyomizdagi qabrga oʻxshab keratdi. U meni oʻsha qabrga uloqtirdi. Men pastga tushib ketarkanman... Xuddi osmondan pastga qulayotgandek boʻldim.
- Aaaaaaaa! Allohim!!!
Baqirdim. Hamon chuqurning oxiriga yetmagan edim! Birdan kimdir meni turtdi...
*
- Temur! Temur ogʻayni!
Koʻzimni ochsam, ishxonamdaman! Koʻzlarimga ishonmadim... Atrofga jinnilardek alanglab qaradim... Roʻparamdagi kompyuterni, stol ustidagi hujjatlarni qoʻlim bilan ushlab koʻrdim. Jasur menga hayron qarab turgan edi.
- Shunchalik ham uxlaysanmi oʻrtoq?! 
- Uxladimmi?
- Ha... Ancha uxlading... 3 soatdan oshdi. Yaxshiyam bugun boshligʻimiz ishga kelmadi. Boʻlmasam shu holatingni koʻrganida seni ishdan haydab yuborardi.
Ajabo! Bari tushim ekanku?! Ancha yengil tortdim. Chap yelkamga 3 marta tuflab qoʻydim.
[26.10.2025 23:39] Hikoyalarim|MUNIRA USMON: - Nima boʻldi?
- Yomon tush koʻrdim...
- Haa... Qornim rosa ochdi Temur... Biron joyda ovqatlanaylik.
Kayfiyatim ancha koʻtarildi... Hayriyat tushim ekan! Daxshat! Koʻrganlarim hamon koʻz oldimda! Lekin bari unutiladi endi. Bu oddiy tush axir! 
- Mayli kettik... Meni ham sillam qurib ketdi. 
Jasur bilan endi ovqatlanish uchun xonadan chiqmochi edik kimdir eshikni taqillatti. Jasur o'ktam ovozda "Kiring!"dedi. Eshik ochib kirgan odamni koʻrib esim chiqib ketay dedi. Bu Nozima edi! Oʻsha meni tiriklayin koʻmib yuborgan Nozima! Koʻzlarim katta-katta ochildi. Nozimani qoʻlida allaqanday qogʻozlar bor edi. Asta menga qaradi. Shiringina jilmaydi... Jasurga emas, menga yaqinlashdi. Undan qoʻrqayotgandim... Yuragim shunday kuchli urardiki... Tariflab berolmayman!
- Kechirasiz... Sodiqov Temur siz boʻlasizmi?
Hushim boshimdan uchib ketdi. Kalovlanib anchagacha turib qoldim. Jasur meni asta turtib qoʻydi. Shundan keyin oʻzimga keldim.
- Ha... Menman...
- Mana bu shahar hokimidan xat! Men shu yerga ishga kirmoqchi edim... Mana yozgan arizam koʻrib chiqing... 
- Buni boshligʻimizga koʻrsatganiz maʼqul. Ular koʻrib chiqib keyin ishga olishadi. 
- Xoʻp... 
U sumkasi ochim yana allaqanday qogʻoz chiqardi. Menga uzatdi. Bu sizga... 
Qogʻozni zoʻrgʻa qoʻlimga oldim. Nozima asta eshik tomon yurdi. Menga qarab koʻzini sekingina qisib qoʻydi. Eshikni ochib chiqib ketdi. U tsshqariga chiqishi bilan qogʻozni ochib oʻqidim. Unda shunday soʻzlar yozilgandi : "Birinchi safarga yomon emas... U yerdan chiqishni uddaladiz. Siz buni qila olishizni bilgandim! Sizga ishonaman! Meni albatta qutqarasiz... Keyingi tush... Ertaga soat 9:00..." 
Gʻalati! Bu tush emas ekanda! Men haqiqatdan ham u yerda boʻlibman! Nozima hammasini koʻrib meni kuzatib turgan ekanda!!! 
- Temur boʻlaqolsangchi endi?! Ketdik ovqatlanaylik...
- Xoʻp hozir sen chiqaver ortingdan chiqaman...
- Obbo! Bunda oʻzi nima yozilibdi... Ishqiy maktubmi?
Jasurning beoʻxshov hazili gʻashimni keltirdi. Lekin indamadim. Anchagacha endi ertaga soat 9 da nima roʻy berarkin deya oʻylanganimcha joyimda turib qoldim...

1-TUSH TUGADI...

M.f : Assalomu alaykum... Bu hikoyam mistik yoʻnalishda yozilyapti... Hikoya maʼlum bir sir asosida boʻlib, gʻayrioddiy hodisalarni oʻz ichiga oladi. Oʻylaymanki sizlarga manzur keldi. Agar 1-tush yoqqan boʻlsa, davomini ham yozaman inshalloh! Hikoya jami 7 ta tushdan iborat... 
Qoʻllab quvvatlab turasizlar degan umiddaman😇😇

⏰ 16.02.2025. 2:05

Did you like this chapter?
Telegram kanalingizda yoki do‘stlaringizga ulashing!
Did you like this chapter?

Author Munira Usmon— tip to support faster chapter releases!

Reviews & Comments 1

Fikr bildirish uchun tizimga kiring

Muallif bilan muloqot qilish va boblarga sharh qoldirish uchun hisobingizga kiring.

avatar
LoiqDev
2 days ago

Assalomu alaykum ajoyib!

avatar Munira Usmon • javob: @loiqdev
2 days ago

@loiqdev Rahmat kattakon

Main Works
🛒
Do‘kon
Reyting Sign in