Tuzoq.
Annotation
TUZOQ 1-bo‘lim. Singan g‘urur Sobir qo‘lidagi bir nechta dollarga tikildi. Go‘yo bu pullar emas, g‘ururidan uzilgan parchalar edi. Jasurning uyida toptalgan sha’ni ko‘z oldiga keldi. — Hoy, to‘xta! — dedi Jasur. Sobir ortiga o‘girildi. Jasur kresloda kinoyali tabassum bilan o‘tirardi. — Rustam bir paytlar menga yordam bergan. Endi men ham senga yordam bermoqchiman. U pullarni ataylab yerga tashladi. — Mana, bularni ol. Oyoqqa turib ketguningcha tejab ishlat. Sobir pullarga tikildi. Bir tomonda g‘ururi, ikkinchi tomonda nochorligi turardi. U pullarni olishni istamasdi, ammo cho‘ntagida bir tiyin ham yo‘q edi. Oxiri pullarni terib, Jasurga yaqinlashdi. — Sen menga katta yaxshilik qilding, — dedi u. — Odam yiqilganda dushmani emas, ishonganlaring asl yuzini ko‘rsatadi. Bu yaxshiligingni hech qachon unutmayman. Ishon! Jasur uning gaplaridan kinoya izlay boshladi. — Xo‘sh, yana kerakmi? — dedi u masxara bilan. — Yo‘q. Sobirning nigohi o‘zgardi. Endi unda nochorlik emas, alam va qat’iyat bor edi. — Jasur, Xudoga iltijo qil, hech qachon oyoqqa turib ketmay. Agar turib ketsam, boshingga nimalar solishimni o‘ylab ko‘r! Jasur joyida qotdi. — Otamning shu ahvolga tushishiga sababchi bo‘lgan xiyonating jazosiz qolmaydi. Shu kun kelguncha... omon bo‘l! Sobir uydan chiqdi. Yo‘lda pullarni kaftida siqdi. Ularni olgani o‘ziga ham og‘ir botardi. Ammo hozir g‘ururini ko‘z-ko‘z qilish emas, oyoqqa turish uchun kurashishi kerak edi. Shunda otasining nasihati yodiga tushdi. — O‘g‘lim, seni yomon ko‘radigan dushmaning ham sendan foyda ko‘rsa, do‘stingga aylanishi mumkin. Lekin unutma, dushman baribir dushman. U sening eng zaif paytingni kutadi. Jasur ham eng nochor paytimda mendan yuz o‘girdi. Rustam xo‘rsindi. — Unga ishonib, butun bir kompaniyani berdim. Oxirida xiyonatiga uchradim. Sen mening xatomni takrorlama. — Ota, men unday qilmayman. Xudo xohlasa, ikkala kompaniyangizni ham qaytarib olaman. Buning rejasini tuzib qo‘yganman. — Rejangni puxta tuz, o‘g‘lim. Aks holda, mag‘lubiyatning ta’mi achchiq bo‘ladi. Esingda tut! Sobir otasiga bergan va’dasini unutmagan edi. Jasur esa uning nimalarga qodirligini hali bilmasdi. Bu hali boshlanishi edi...
Table of Contents
No published chapters yet
No public chapters have been published for this work yet. The author will provide new parts soon.
Huquqiy masʼuliyat bayonnomasi
Ushbu material muallif (yuklovchi) tomonidan mustaqil joylashtirilgan. Uning mazmuni, ishonchliligi va mualliflik huquqlari bo‘yicha to‘liq qonuniy javobgarlik muallif zimmasidadir. “Qalamkashlar” platformasi kontent uchun javobgar emas.
Shikoyat qilish (Kirish)