— Hech kimga bag'ishlanmagan —
Yomonman...
Osmonimga unsiz qarayman,
Sehrlaydi meni yulduzlar...
Atrof jimjit, ko'kda oy sokin
Shivirlaydi bog'dagi gullar...
Sehrlaydi meni yulduzlar...
Atrof jimjit, ko'kda oy sokin
Shivirlaydi bog'dagi gullar...
Men unutdim, unutib qo'ydim...
Hijolatdan rangi somonman.
Yuragimni yoqdi alanga
Men sevgisin sotgan - yomonman!
Hijolatdan rangi somonman.
Yuragimni yoqdi alanga
Men sevgisin sotgan - yomonman!
Qalbim toʻla qushlar qafasda
Ucholishmas, qanotlari yoʻq!
Oyog'im lanj, qo'llarim karaxt
Ishq miltig'i otgan edi o'q...
Ucholishmas, qanotlari yoʻq!
Oyog'im lanj, qo'llarim karaxt
Ishq miltig'i otgan edi o'q...
Men sevildim, lekin sevmadim
Uvolidan qo'rqmay - Tamomman!
Xanjar tekkan, nimtadir dilim...
Ehh, men o'sha, o'sha - Yomonman...
Uvolidan qo'rqmay - Tamomman!
Xanjar tekkan, nimtadir dilim...
Ehh, men o'sha, o'sha - Yomonman...
✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 26.02.2025. 16:30
⏰ 26.02.2025. 16:30
Be the first to write a review!