Yozuvchilik mahorati 🇺🇿 O‘zbekcha

Sabr qiling

avatar
18 September, 2026 • 48 • 12 lines
Sabr qiling
Alifbo:
Text:
Alignment:
— Chiroyli sabr naqadar go'zal! —
Hayotda sabr qilganlar yutar,
Oxirda bog'larda mevalar bitar,
Mayli, dunyodur bu ko'ngilni sitar,
Sabr qiling, do'stlar, sabrni qo'ymang!
Aytganlar bobolar bu haqda ko'p so'z,
"Qilgin sabr, bolam, o'zgalardan o'z!",
Aniqdir, bunda, ko'pni ko'rar ko'z,
Sabr qiling, do'stlar, sabrni qo'ymang!
Qilganlar sabr yengilmasdur hech,
Qozonur g'alaba albat, bo'lsa ham kech,
Kesadi sabr harni misol qilich,
Sabr qiling, do'stlar, sabrni qo'ymang!
Axror Hasanov
Axror Hasanov

Har qanday ilm amaliyotda yaxshilikka xizmat qilishi kerak

Comments and feedback 0

Fikr bildirish uchun tizimga kiring

Shoir bilan fikr almashish va she’rga taassurot qoldirish uchun hisobingizga kiring.

Be the first to write a review!

Main Works
🛒
Do‘kon
Reyting Sign in