Badiiy adabiyot 🇺🇿 O‘zbekcha

Otamni sog'indim...

avatar
19 September, 2026 • 127 • 24 lines
Otamni sog'indim...
Alifbo:
Text:
Alignment:
— Otamga bag'ishlayman —
25-aprel... Naqadar yomon,
Yodimdan chiqmaydi o'sha kun hamon,
Ayrildim shunda men jonim otamdan,
Egildi boshimiz bunday motamdan.
Esimda yoshlikda o'ynardik biz ko'p,
Ustida yotardik maza qilib xo'p,
Quchog'idan chiqmasdik singlim ikkimiz,
Ko'rib buni zavqlanar edi otamiz.
Goho tunda men yig'lab turib ketardim,
Tezda shunda otamni izlab qolardim,
Otam meni ovutib quchoqlar edi,
"Votamdan, votamdan" deya erkalatardi.
Bizga edi otam o'ta mehrli,
So'zlari ma'noli, hatto sehrli,
Sog'indim otamning o'tkir so'zlarin,
Menga qarab turgan qora ko'zlarin.
Butun umr hayoti o'tdi mehnatda,
Sezdirmasdi bizga qancha zahmatda,
Berdi ta'limni ham, tarbiyani ham,
So'zlariga kirib biz bo'lmadik hech kam,
Ota sizga bag'ishladim ushbu she'rimni,
Bag'ishladim sizga qalbim, qo'rimni,
Sog'indik hammamiz biz sizni juda,
O'tmadi hayotingiz sira behuda.
Axror Hasanov
Axror Hasanov

Har qanday ilm amaliyotda yaxshilikka xizmat qilishi kerak

Comments and feedback 1

Fikr bildirish uchun tizimga kiring

Shoir bilan fikr almashish va she’rga taassurot qoldirish uchun hisobingizga kiring.

avatar
Nasiba
1 month ago

Kòzlarimga yosh keltirdi, she'r qoidalariga.mos tushadimi yòqmi, bilmadimu, mazmuni achchiq

Main Works
🛒
Do‘kon
Reyting Sign in