Badiiy adabiyot 🇺🇿 O‘zbekcha

Erkakka yarasharmi?

avatar
19 September, 2026 • 65 • 24 lines
Erkakka yarasharmi?
Alifbo:
Text:
Alignment:
— Xodimlarga —
Bordir xalqda shunday bir naql,
Eshitsa odam, shoshadi aql,
Yegan bir kunlik non-tuzing uchun,
Salomlar bergin sen, yetguncha kuching.
Ammo bor ekan shunday erkaklar,
Boshliq oldida aytar ertaklar,
Xushmuomala, yoqimtoy, maqtashar uni,
Burilganidan so'ng esa yomonlar kuni,
Axir senga qildi shuncha yaxshilik,
Har bir ishingda odil boshchilik,
Qilmagin endi sen shunday nonko'rlik,
Yaxshi bo'lmas so'ngida bunday ko'rgulik,
Dastlab edi jamoa ahil-u - inoq,
Chiqmas edi o'rtada hech qanday nifoq,
Hozir esa unday emas, voy-dod!
Boshliqning ustidan hamma solar dod.
Erkakka loyiqmi shu qilar ishi,
Ba'zan hayratlanar eshitgan kishi,
Yordam bersa senga hamisha, doim,
Sotma-da boshliqni xuddi nozik-oyim.
Uyal sen, hoy erkak, bu qilmishingdan,
Dog' tushirma nomingga shu qilig'ingdan,
Yaxshi nom qolsin-da sen-u, men, bizdan,
O'zingga qaragin, oshma haddingdan!
Axror Hasanov
Axror Hasanov

Har qanday ilm amaliyotda yaxshilikka xizmat qilishi kerak

Comments and feedback 1

Fikr bildirish uchun tizimga kiring

Shoir bilan fikr almashish va she’rga taassurot qoldirish uchun hisobingizga kiring.

avatar
Toxic
4 days ago

she'r bo'lsa ham hozirgi haqiqatni ochib qoyibsiz lek hozirgi bazi o'zini erkakman deb yurganlar erkakcha ish tutmedi. yana g'irt maydagap va lapashang bob qogan " ichidagilri albatta

Main Works
🛒
Do‘kon
Reyting Sign in