Assalomu alaykum qadirli maqola o'qiyotgan inson(agar shunday deyish joiz bo'lsa).Siz hozir o'qimoqchi bo'lgan maqola hech narsa haqida emas shunchaki bir nafsiga qul insonning pul sarflashi haqida bo'ladi. To'g'ri, "hech narsa haqida emas" deb boshladik-ku, lekin o'ylab qarasa, bu mavzu hammamizning cho'ntagimizga, aniqrog'i, ongimizga daxd qiladigan eng og'riqli nuqta. Bugun siz bilan nafsning arzimas istaklari yo'lida qanday qilib topgan-tutganimizni sovurishimiz, ertaga kerak bo'lmaydigan narsalar uchun bugun qanday jon kuydirib pul topishimiz haqida ozgina mushohada qilamiz.
Tasavvur qiling: oddiy bir kun. Hamyonda qandaydir mablag' bor (yoki hali tushmagan bo'lsa ham, AVO,TezCard,AlifNasiya da "limit" turibdi). Nafs esa har doimgidek o'z ishida — u uxlamaydi, charchamaydi, doim nimadir "sotib olish kerak" degan signalni miyaga jo'natib turadi. Ko'chada ketayotib ko'zingiz bir chiroyli narsaga tushadi. Ungacha u narsasiz ham kuningiz ertalabdan kechgacha tinch o'tayotgan edi. Lekin nafs boshlaydi: “Qara, naqadar ajoyib! Buni olmasang, hayotingda nimadir yetishmayotgandek tuyulmayaptimi?”
Va tamom. Pulning qayerga ketganini sezmay ham qolasiz. Eng qizig'i, o'sha buyumni sotib olgan lahjangizdagi huzur atigi o'n besh minutga cho'ziladi. Uyga kelib uni chetga qo'yasiz-u, ertasiga yana boshqa bir "o'ta muhim" narsaga ehtiyoj seza boshlaysiz(Bitta energitik yoki Colacha). Xuddi teshik chelakka suv quyayotganga o'xshaysiz: qancha quymang, idish baribir bo'sh.
Aslida, pul sarflash yomon emas. Pul — bu vosita, u harakatlanishi, xizmat qilishi kerak. Muammo pulda emas, muammo uni nima maqsadda va kimning buyrug'i bilan sarflayotganimizda. Nafsimiz bizni boshqarishiga yo'l qo'yib berganimizda, biz o'zimiz bilmagan holda buyumlarning quliga aylanamiz: ortiqcha narsalarni sotib olish uchun ortiqcha vaqt sarflaymiz, ortiqcha vaqtni qoplash uchun esa yana ko'proq ishlaymiz. Natijada hayot bir-biriga ulangan cheksiz xaridlar zanjiriga aylanib qoladi.
Xo'sh, bu zanjirni qanday uzish mumkin? Balki shunchaki to'xtab, bir lahza o'ylab ko'rish kerakdir: “Men buni rostdan ham xohlayapmanmi yoki bu shunchaki o'sha lahzadagi nafsning bir lahzalik injiqligimi?”
Sizningcha, bu girdobdan qutulishning eng oson yo'li nimada — qattiq tejamkorlikmi yoki istaklarni ong ostidan boshqarib o'rganishmi?
Assalomu aleykum. Atrofingizga shu narsalarni ishlatmaydiganlarni yig'ib olishda.
Assalomu aleykum. Atrofingizga shu narsalarni ishlatmaydiganlarni yig'ib olishda.