Foydalanuvchi va Muallif uchun to‘liq yo‘riqnoma
1. Ro‘yxatdan o‘tish: Saytning yuqori o‘ng burchagidagi tugma orqali ism, username, email va parol kiritib hisob ochiladi.
2. Profil maʼlumotlari: Shaxsiy rasm (avatar), qisqacha bio va Telegram havolalaringizni qo‘shing.
1. Asar yaratish: Boshqaruv panelidan "Yangi Hikoya" tugmasi bosiladi. Asar nomi, janri, annotatsiyasi va muqova rasmi yuklanadi.
2. Boblar qo‘shish: Asar yaratilgach, unga ketma-ket boblar qo‘shiladi. Word (.docx) fayllarni avtomatik yuklab olish imkoni mavjud.
3. Holatlar: Qoralama (draft) holatida saqlash yoki o‘quvchilarga eʼlon qilish mumkin.
1. "Yangi Maqola" tugmasi orqali sarlavha, kategoriya va teglar tanlanadi.
2. ChatGPT / Markdown qo‘llab-quvvatlash: ChatGPT yoki boshqa manbalardan ko‘chirilgan matnlar avtomatik chiroyli qilib formatlanadi.
3. Real o‘qish vaqti: Tizim so‘zlar soni va o‘qish vaqtini daqiqa va soniyalarda avtomatik hisoblaydi.
Platformada videolarni joylashtirishning 3 usuli mavjud:
https://youtu.be/ID) yozsangiz, u avtomatik moslashuvchan video pleyerga aylanadi.Har bir asar va maqola moderatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Plagiat taqiqlanadi. Mualliflik huquqiga va odob-axloq qoidalariga rioya qilingan materiallar tasdiqlanadi.
Mualliflar o‘z profillariga plastik karta yoki Click/Payme raqamlarini kiritib, o‘quvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri donat (choychaqa) olishlari mumkin.
Kitobxonlar istalgan maqola va asarlarni "O‘qishga qo‘yish" tugmasi orqali shaxsiy kutubxonalarida saqlashlari mumkin.