Tabiatda rang o'zgartira olish qobiliyati tirik qolishning kaliti bo'lishi mumkin. Hayvonot olamining katta qismida ko'rish qobiliyati juda muhim sezgi hisoblanadi va ko'plab hayvonlar o'zlarining omon qolishini ta'minlash uchun ushbu sezgidan foydalanishning o'ziga xos usullarini topganlar. Ular bu "superqobiliyat"dan o'z muhitiga singib ketish — ko'zdan g'oyib bo'lish yoki o'z ustunliklarini dadil namoyon etish uchun foydalanishlari mumkin.

Yil fasllari o'zgarishi bilan muhiti keskin o'zgarib turadigan hayvonlar uchun yozdagi sershox/yashil tabiat qishda qorli muhitga aylanganda, fon bilan qo'shilib ketish uchun rangini o'zgartirish juda foydalidir. 

Evroosiyo va Shimoliy Amerikaning olis shimoliy qismida yashovchi tog‘ kakligi (rock ptarmigan) yoz oylarida qo‘ng‘ir tusli patlar bilan qoplanadi. Biroq kuz davom etishi bilan bu qush tullaydi. Uning yer rangidagi patlari o‘rnini yangi, oppoq patlar egallaydi. Qish kelib qush qor kabi oppoq rangga kiradi, bu esa unga Arktika muhitida yirtqichlardan yashirinish imkonini beradi. Oqquyruq va suvsarsimon sutemizuvchilar ham shunday o‘zgarishni boshdan kechiradi, ya'ni ular asta-sekin to‘q qo‘ng‘ir mo‘ynasini oq rangdagisiga almashtiradi. Kagaklarga mimikriya (himoya rangi) yashirinishga yordam bersa, oqquyruqlar o‘zlari yirtqich hisoblanadi. Ularning oq rangli himoya mo‘ynasi qor bilan qo‘shilib ketishiga yordam beradi va kichik sutemizuvchilar hamda qushlarni ovlashni osonlashtiradi. 

 

Shimoliy yarimsharda yashovchi qushlar va sutemizuvchilarning 20 dan ortiq turlari yoz va qish fasllari oralig'ida qo'ng'ir rangdan oppoq rangga butunlay o'zgarishni boshdan kechiradi. Kuzda kunlar qisqarib, bahorda yana uzaya boshlagach, bu hayvonlarga mo'yna yoki patlarning almashinishini keltirib chiqaruvchi gormonal signallar kelib tushadi. 

Fasllar bo'yicha rang o'zgarishi hatto siz kutmagan muhitlarda, jumladan suv ostida ham yuz beradi. Masalan, xameleon-qisqichbaqalar yashil yoki qizil rangda bo'lishi mumkin. 2019-yilda chop etilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, bu qisqichbaqasimonlar o'zlarining rangiga mos keladigan qizil yoki yashil suvo'tlar orasida yashasa-da, ularning tosh hovuzidagi asosiy suvo't turi fasllar o'zgarishi bilan o'zgarib borgan sari, ular ham boshqa shaklga sekin-asta o'ta oladi. 

Oltinqurt o‘rgimchaklari (goldenrod crab spiders) esa agar o‘z turar joyini o‘zgartirsa, o‘zlarining himoya rangini o‘zgartira oladi. Ular oq yoki sariq gullar ustida o‘ljasini poylab yotadi va yashayotgan gulining rangiga moslashish uchun o‘z ranglarini o‘zgartiradi. Agar sariq o‘rgimchak oq gulga ko‘chib o‘tsa, u sariq пигментlarini oq пигментlarni o‘z ichiga olgan hujayralar ostiga ko‘chira oladi va bu jarayon bir necha kun davom etadi. 

Ayrim rang o'zgartiruvchi jonzotlar o'z tuslarini soniyalar ichida o'zgartira oladi. 

Masalan, buqalamunlar teri ostidagi maxsus hujayralar yordamida yarim daqiqadan kamroq vaqt ichida rang o'zgartirishi mumkin. Ularning ba'zilari pigment saqlovchi va uzun o'simtalarga ega yulduzcha shaklidagi "dermal xromatoforlar"dir. 

Kornell universitetining biologi Rassell Ligon: "Bularni pigmentlar harakatlana oladigan avtomagistrallar deb tasavvur qilishingiz mumkin", deydi. 

Bu pigmentlar o'z navbatida qaytaruvchi kristallarni o'z ichiga olgan iridoforlar deb ataladigan boshqa turdagi hujayralar bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Buqalamunlar o'zlari qaytaradigan yorug'likning to'lqin uzunligini va shu tariqa uning rangini o'zgartirish uchun iridoforlarini cho'zishi mumkin. Iridoforlardan qaytgan yorug'lik ko'plab buqalamunlarda kuzatiladigan yorqin ko'k, qizil va apelsin ranglar majmuasini hosil qilish uchun xromatoforlardagi pigment bilan uyg'un holda ishlaydi. 

Bu rang o'zgartirish mahorati niqoblanish (kamuflyaj) uchun foydali bo'lishi mumkin, ammo buqalamunlar o'z qobiliyatlaridan asosan boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Shoxda tinchgina dam olayotgan paytda buqalamunning rangi nisbatan yashil va xira bo'lishi mumkin. Ammo tarang ijtimoiy vaziyatlarda buqalamunlarning terisi taranglashib, iridoforlarini o'zgartiradi va shunga mos ravishda rangini o'zgartiradi. Tezkor rang namoyishlari ayniqsa hudud talashib janjallashayotgan erkakalar orasida foydalidir. Erkak niqobli buqalamunlar o'zlarining fe'l-atvorini raqib bo'lishi mumkin bo'lganlarga ohangini o'zgartirish orqali bildiradilar: tajovuzkorlikni bildirish uchun yorqinroq va bo'ysunishni bildirish uchun qorong'iroq tusga kiradilar. Qisqa rangli "jang" boshlanishidan oldin qimmatga tushadigan jismoniy to'qnashuvning oldini olishi mumkin, deydi Ligon. 

Ba'zi qisqichbaqasimonlar va baliqlar ham o'z ranglarini tezda o'zgartira oladi. Avstraliya fiddler qisqichbaqalari juftlashish paytida yoki stress holatida o'zlarining ko'k rangli naqshlarini taxminan 20 daqiqada qoraytira oladi, tosh gobileri deb ataladigan kichik baliqlar esa ochko'z qirg'oq qushlarining nazaridan qochib, suv toshqini bo'ladigan joylardagi atrofiga yaxshiroq moslashish uchun o'z ranglarini bir daqiqadan kamroq vaqt ichida qoraytira yoki ochchira oladi. 

Boshqa hayvonlar ko'z yumib ochguncha sodir bo'ladigan rang o'zgartirish mahoratiga ega bo'lgan. 

Masalan, qum buqalamun-kafelbaliqlari (chameleon sand tilefish) tanasidagi adrenalin ta'sirida faollashadigan tangachalaridagi maxsus turdagi iridoforlar tufayli yarim soniyada ko'k-yashil rangdan qizil rangga o'ta oladi. 

Lekin sakkizoyoqlar, kalmarlar va katakatishlar kabi boshoyoqlilar tezkor rang o'zgartirish bo'yicha tengsiz ustalardir. Stenford universitetining Xopkins dengiz stansiyasi biologi Uilyam Gillining aytishicha, ularning tarkibida pigment saqlovchi xromatoforlari to'g'ridan-to'g'ri markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladi. Buqalamunlarda bu hujayralar o'z ichida pigment harakatlanganda rangini o'zgartirsa, boshoyoqlilar chaqmoqdek tez sodir bo'ladigan rang o'zgarishlarini keltirib chiqarib, aslida hujayralarning o'z shaklini o'zgartira oladi.

Kalmar va katakatishlar juftlashishga tayyor ekanliklarini bildirish uchun to'lqinsimon pigment chiziqlarini miltillatishi mumkin. Bu kabi ko'rinishlar ayniqsa Gumboldt kalmarlarida juda ajoyib namoyon bo'ladi, ular o'z tana xromatoforlarini bir vaqtning o'zida yoritib, soniyasiga to'rt martagacha tezlikda och va to'q qizil ranglar o'rtasida chaqnab turadi. 

Oltin tusli toshbaqa qo'ng'izlari (golden tortoise beetles) barcha jonzotlar orasida eng hayratlanarli tezkor rang o'zgartirish tizimiga ega bo'lishi mumkin. Qalam o'chirgichidek keladigan, silliq va tuxum shaklidagi Markaziy Amerika qo'ng'izlari juda kichik ariqchalar bilan qoplangan yupqa, ustma-ust terilgan plastinkalarni o'z ichiga olgan shaffof qobiqqa ega. Qo'ng'ir bu ariqchalarni plastinkalarni mukammal darajada silliq ko'rsatadigan qizil suyuqlik bilan to'ldirishi mumkin, natijada ular metallsimon oltin tus olib, nurni qaytaruvchi xususiyatga ega bo'ladi. Biroq, agar qo'ng'iz bezovta qilinsa yoki juftlashayotgan bo'lsa, u tezda ariqchalardagi suyuqlikni chiqarib yuboradi, bu esa illuziyani buzib, ostidagi yorqin qizil pigmentni namoyon qiladi. 

Manba: https://www.nationalgeographic.com/animals/article/color-change-camouflage-animals-explained